"Ta'lim jarayonini strategik rejalashtirish"

"Yangi O'zbekiston ta'limi: islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli hamkorlik" mavzusidagi xalqaro forum doirasida seminar-treninglar boshlandi!

 15-noyabr kuni O'zbekistonga yetib kelgan Germaniyaning TUM International tashkiloti delegatsiyasi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston” Universitetida universitet xodimlari va pedagog-kadrlar uchun  seminar-trening (Workshop) tashkil etildi. 

Unda TUM International Strategiya va amaliyot bo‘limi boshlig‘i  Jana Legtenborg, loyiha menejerlari Katrin Rixter va Aleksandr Turnvald va oliygoh rahbariyati boshchiligida universitet ta'lim jarayonini strategik rejalashtirish, ilmiy yo‘nalish va g‘oyalar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.

Forum doirasida seminar-treninglar davom etadi...