Termiz shahridagi Prezident maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi

#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim  muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.
 
⏺ Ochiq eshiklar kunida:

➖ 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi;
➖ Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
➖ O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
➖ Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
➖ Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.

📆 18-may
⏰ Soat 10:00 dan 16:00 gacha
📍Manzil: Termiz shahri, Hakim at-Termiziy ko‘chasi, 34b-uy (Moʻljal: Termiz arxeologiya muzeyi)

Roʻyxatdan oʻtish uchun: 
Telegram bot (https://t.me/TermizPMochiqeshik_bot)

Eslatma, ro‘yxatdan o‘tish muddati 17-may, soat 22:00 gacha