Аl-Xorazmiy nomidagi matematika olimpiadasiga start berildi

 

Olimpiadaning Respublika bosqichida o‘z hududlarida yuqori natijalarga erishib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 6 nafardan jami 84 nafar, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Аgentligi tasarrufidagi maktablardan 18 nafar jami 102 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda. Olimpiada 2 bosqichda 23-mart kuni yozma ish, 24-mart kuni test sinovi tarzida boʼlib o‘tadi. Umumiy hisobda yuqori ballarni egallagan o‘quvchilar g‘olib hisoblanadi. G‘oliblar xalq taʼlimi vazirining diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

Ma’lumot uchun, mazkur olimpiadada Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi, Toshkent shahridagi Prezident maktabi, Xiva shahridagi Prezident maktabi hamda Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari qatnashmoqda.