Agentlik tizimidagi maktablar ingliz tili o‘qituvchilari uchun trening

 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi ta’lim muassasalarining ingliz tili fani o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish maqsadida o‘qitish metodikasi bo‘yicha trening tashkil etildi. 
Ushbu trening “Macmillan” nashriyot uyi bilan hamkorlikda olib borildi. Toshkent shahrida joylashgan barcha Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ingliz tili fani o‘qituvchilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida,  viloyatlardagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarining o‘qituvchilari Zoom orqali treningda onlayn ishtirok etishdi.

Mazkur trening orqali o‘qituvchilar o‘zaro fikr almashib, interaktiv topshiriqlarni o'zlari ham bajarib, buni amaliyotga tadbiq etish borasida ma’lumotga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga, darsni tashkil etishda faqatgina tayyor material, qo‘llanmalarga bog‘lanib qolmasdan, o‘quvchilarning qiziqish va istaklariga moslashtirish bo'yicha ham tajriba orttirishdi.

Ushbu trening pedagoglar uchun ingliz tilini o‘qitishda ko‘makchi dastur bo‘la oldi, deyish mumkin.