Uch savolga uch javob

 

❓PREZIDENT MAKTABLARIGA QAYSI SINFGA NECHA NAFAR O‘QUVCHI QABUL QILINADI?
➖ Umumtaʼlim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan oʻquvchilar Prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga 12 nafardan (jami 24 nafar) qabul qilinadi.

❓O‘QUVCHI RESPUBLIKADAGI XOHLAGAN PREZIDENT MAKTABIGA HUJJAT TOPSHIRA OLADIMI?
➖ Yo‘q. O‘quvchilar faqat ta’lim olayotgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin. Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktab oʻquvchilari faqat Nukus shahridagi Prezident maktabiga, Andijon viloyatidagi maktab oʻquvchilari esa faqat Andijon shahridagi Prezident maktabiga hujjat topshirishlari mumkin.

❓PREZIDENT MAKTABIGA HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN O‘QUVCHINING BAHOLARIGA QANAQA TALAB QO‘YILADI?
➖ Talabgorning matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (aʻlo) boʻlishi kerak. Boshqa fanlarga nisbatan ushbu mezon tatbiq etilmaydi. Baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.

🕊 PREZIDENT MAKTABLARI (https://t.me/piimauz/13646)