Nega Prezident maktablari kirish imtihonlarida javoblar qalamda belgilanadi?
Javoblarni qalamda belgilash Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo’yilgan talablardan biri hisoblanadi.
Bunga sabab:
▶Qalamdan boshqa yozuv qurolida belgilangan javoblarni maxsus kompyuter tekshirmaydi. Test javoblarini tekshirishga ixtisoslashgan dastur faqat qalamda belgilangan javoblarni qabul qiladi;
▶Qalamda belgilangan javoblar yaxshi skaner qilinadi - ruchkada belgilanganda esa ularning bo’yalib ketish ehtimoli mavjud;
▶Javoblarni qalamda belgilash talabgorga xato qilib qo’ysa, shu xatoni tuzatish imkonini beradi.
Ma’lumot o’rnida, IELTS, TOEFL kabi sinovlarda ham shu usul qo‘llanadi.