XALQARO MENDELEYEV OLIMPIADASI GʻOLIB VA SOVRINDORLARI KUTIB OLINDI

#Xalqaro_Mendeleyev_olimpiadasi

20-26-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida bo‘lib o‘tgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytgan Oʻzbekiston terma jamoasi a'zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Ma'lumot oʻrnida, ushbu olimpiadada oʻquvchilarimiz 1 ta kumush, 4 ta bronza medallari va 1 ta sertifikatni qoʻlga kiritdi.

Shundan, 1 ta kumush, 3 ta bronza medallari va 1 ta sertifikat Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilariga tegishlidir.

Gʻalabalar bardavom boʻlsin aziz oʻquvchilar!