Joriy yilning 24-aprel kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar” kuni oʻtkaziladi.
Ochiq eshiklar kunida:
➖Maktabdagi oʻqitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
➖Oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
➖Koʻrgazmalar (oʻquvchilarning dars jarayoni va noakademik toʻgaraklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
➖ Maktab hududi boʻylab ekskursiya uyushtiriladi.
24-aprel kuni
1-smena: soat 10:00 dan 13:00 gacha
2-smena: soat 14:00 dan 17:00 gacha
Manzil: Xiva shahri, "Mevaston" mahallasi, A.Temur koʻchasi, 25-uy
Aziz oʻquvchilar, keling Prezident maktabimiz bilan tanishing! Nima uchun aynan Siz Prezident maktabi oʻquvchisi boʻlishingiz kerakligiga oʻzingiz ishonch hosil qiling!
Maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun: @Sarvar_Sharifbayevich