Yakkabogʻ  tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida Qashqadaryo viloyatida 2022-2023-oʻquv yilida 12 ta ixtisoslashtirilgan maktab va ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etildi.  Yakkabogʻ  tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ana shunday maktablardan biri. 

Bugun oʻquv dargohida 44 nafar malakali hamda tajribali pedagog-xodimlar 431 nafar oʻquvchilarga taʼlim berib kelmoqda.

Taʼkidlash joiz, maktabda dars mashgʻulotlaridan soʻng “Yosh matematiklar”, “Elementary”, “Yosh fiziklar”, “Yosh biologlar”, “Gerodot izdoshlari”, “Yosh kimyogarlar”, “Nutq madaniyati”, “Yosh ixtirochilar”, “Young translaters”, “Yosh filologlar” kabi toʻgaraklar faoliyat yuritadi. Oʻquvchilar oʻz qiziqishiga koʻra, mazkur toʻgaraklardan biriga qatnaydi