Yangi O'zbekiston universiteti talabalari Janubiy Koreyada amaliyot o'tash uchun jo'nab ketishdi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston'' universitetida startap loyihalar bo'yicha o'tkazilgan tanlovda g'olib bo'lgan 15 nafar talaba Janubiy Koreyaning Sejong universitetida 10 kunlik qisqa muddatli amaliyot o'tash uchun jo'nab ketishdi.

✔️ Amaliyot davrida talabalar materialshunoslik va kimyoviy strukturalarga oid tajriba-sinovlar hamda yangi kompozitsion materiallar bo'yicha ilmiy tadqiqot olib boradilar.