“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro olimpiadada qatnashishmoqda

“Yangi O‘zbekiston” universitetining uch nafar talabasi professor Bahodir Ahmedov boshchiligida  Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro ICPC olimpiadasida ishtirok etishmoqda.

Ushbu olimpiada dasturlash bo‘yicha eng yirik olimpiadalardan hisoblanib, qatnashuvchilarga algoritmik masalalarni yechish uchun har bir bosqichda 5 soat vaqt beriladi.

Hozirda mazkur olimpiadada butun dunyodan mingdan ortiq universitetlar eng bilimdon talabalaridan shakllantirilgan jamoalari bilan ishtirok etishmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu olimpiada bir vaqtning o‘zida Olmaota, Tibilisi, Sankt-Peterburg va Barnaul shaharlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Talabalarimizga omad tilab, yuqori natijalar kutib qolamiz.