"Yangi O'zbekiston" universiteti xodimlari Sejong universiteti vitse-prezidenti bilan uchrashishdi

✔️Uchrashuvda quyidagi yo'nalishlarda hamkorlik qilish muhokama qilindi:
🔹talabalar almashinuvi dasturini amalga oshirish;
🔹kelgusida "double degree" tizimini yo'lga qo'yish;
🔹universitetning yosh o'qituvchi-professorlari malakasini oshirish orqali ularni yuqori ilmiy unvon olishlarida ko'maklashish;
🔹"nano science", "business management" va "computer engineering" kabi ta'lim yo'nalishlarida o'quv dasturlari hamda unga oid boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;
🔹universitetning zamonaviy kampusini tashkil etish yuzasidan tajriba almashish. Muhokama etilgan hamkorlik yo'nalishari bo'yicha tomonlar tez orada tegishli kelishuv imzolashni kelishib oldilar.

📌Eslatib o'tamiz, Sejong universiteti ''Times higher education'' reytingida top 300 likka kiradi.