"Yangi O'zbekiston" universiteti prorektori va professori xalqaro patentga ega bo'ldi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universiteti prorektori va professori Elyorjon Jumayevning “Yuqori darajada mustahkamlik va egiluvchanlikka ega Nikel asosli yangi superqotishmalar” nomli ixtirosi xalqaro miqyosda e’tirof etilib, patent olishga loyiq deb topildi!!! 

Mazkur ixtiro materialshunoslik, mexanika va kimyo muhandisligi kabi sohalarga o'zining ulkan hissasini qo'shadi.

Ma'lumot o'rnida, Elyorjon Jumayev “Xalqaro ixtirochilar-2018” tanlovida oltin medal sohibi bo‘lgan edi