Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o'qishga hujjatlar qabuli, ko'p sonli hamyurtlarimizning talablariga binoan, 30-iyunga qadar uzaytiriladi.
✔️ Eslatib o'tamiz, hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.
Ixtisoslashtirilgan maktablarga o'qishga ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).
❗️ Diqqat! Qabul faqatgina yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun davom etadi. Prezident maktablari hamda ijod maktablariga o'qishga hujjatlar qabuli yakunlandi.