Farg‘ona shahrida «Raqamli avlod» loyihasi doirasida mahorat darslari o‘tkazildi

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida “Zamin” fondi va “Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan «Raqamli avlod» loyihasi doirasida robototexnika  dasturlash bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Quvasoy shahridagi 90-eshitishida nuqsoni bor bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatining 48 nafari hamda viloyatdagi oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining 20 nafari qatnashishdi. Ushbu tadbirda Farg‘ona shahrida joylashgan Prezident maktabining o‘quvchilari ham qatnashdi. 

Loyiha doirasidagi mashg‘ulotlardan so‘ng faol o‘quvchilarga maxsus sovg‘alar hamda sertifikat tantanali ravishda topshirildi.