Ijod maktablarining maqsadi va vazifasi
9 ta ijod maktablari faoliyat koʻrsatmoqda
Bugungi kunda,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida Ibrayim Yusupov nomidagi;
Andijon viloyati, Andijon shahrida Muhammad Yusuf nomidagi;
Jizzax viloyati, Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi;
Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida Is’hoqxon Ibrat nomidagi;
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi;
Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi;
Xorazm viloyati, Xiva shahrida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi;
Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi;
Toshkent shahar, Olmazor tumanida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi joylashgan.
Ijod maktablariga umumta’lim maktablarining 6-sinfini tugatgan iqtidorli, ijodkor o‘quvchilar uch bosqichli (ijodiy matn yaratish, suhbat va test sinovlari) tanlov natijalariga koʻra eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar saralab olinadi.
Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabida ta’lim qoraqalpoq tilida, qolgan barcha ijod maktablarida ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi.
Ijod maktablaridagi ta’lim-tarbiya
Ijod maktablarida ona tili, adabiyot, ingliz tili bilan bir qatorda Oʻzbekiston tarixi fani chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi.
Tanlov asosida ikkinchi xorijiy (nemis, fransuz, ispan, italyan, xitoy, yapon, koreys, turk) til o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, o‘quvchilarning qiziqishidan kelib chiqib darsdan tashqari “Aktyorlik mahorati”, “Audiovizual asarlarni yaratish”, “Web dizayn”, “Kompyuter grafikasi”, “Tasviriy va raqamli san’at”, “Jurnalistika”, “Ijodiy to‘garak”, “Yosh tarjimonlar” va boshqa to‘garak mashg‘ulotlari olib boriladi.
O‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda ularni ijodiy ishlarini namoyon etishga (nashr etishga) ko‘maklashiladi.
9-11-sinf o‘quvchilariga ijod maktabini bitirganlik toʻgʻrisida shahodatnoma beriladi.
Ijod maktabidan uzoq hududlarda yashovchi o‘quvchilar bepul yotoqxona va issiq ovqat bilan ta’minlanadi.
Ijod maktabining 2023-2024-o‘quv yilida erishgan yutuqlari
460 nafar iqtidorli o‘quvchilar qabul qilindi;
Ijod maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni 83 foizini (197 nafar) oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar tashkil etadi. Oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi o‘tgan yilga nisbatan 15 foizga oshgan.
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan eʼlon qilingan reyting natijasiga koʻra 10 372 ta taʼlim muassasasi orasida 7 ta ijod maktabi kuchli 10 talikdan joy oldi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi – 1 o‘rin;
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi – 2 o‘rin;
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi – 3 o‘rin;
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi – 4 o‘rin;
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi – 5 o‘rin;
Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi – 9 o‘rin;
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi – 10 o‘rin;
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida matematika fanini ingliz tilida o‘tish amaliyoti tajriba-sinov tarzida yo‘lga qo‘yildi.
Ijod maktablarining 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Ijodiy olimpiada” o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
O‘quvchilarning ijodiy ishlarini Agentlik tomonidan yilda 2 marta, “Mening birinchi kitobim” loyihasi doirasida 9 nafar o‘quvchilarning birinchi kitoblari nashr etildi.
Fizika, kimyo va biologiya laboratoriya va reagentlar hamda “robototexnika” jihozlari bilan to‘liq ta’minlandi
2023/2024 oʻquv yilida ijod maktablaridagi 260 nafar 11-sinf bitiruvchilarining 80 foizi (210 nafari) xalqaro va milliy sertifikatni qo‘lga kiritib, ularning 15 foizi muddatidan oldin xorijiy va 85 foizi mahalliy oliygohlarda o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi. Bu ko‘rsatkich 2022-2023 o‘quv yilga nisbatan 35 foizga o‘sgan. Ular jami 6,3 mln. AQSH dollari miqdoridagi grant sohibi bo‘lishdi.
Joriy yildagi fan olimpiadalarining hududiy bosqichida ijod maktablari
63 ta sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 11 ta sovrinli o‘ringa oshgan.
Ijod maktablarining 11 nafar bitiruvchisi “El yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyasi sohibi boʻlishdi.
9 ta ijod maktabida “Sanʼat” va “Robototexnika” fanini oʻqitish joriy etildi.