Umumiy o‘rta taʼlimning Davlat taʼlim standarti, o‘quv dasturlari, darsliklarini uzluksiz takomillashtirib borishni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Taʼlim sifati samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida o‘quv-metodik jarayonni yana-da rivojlantirish choralarini ko‘rish;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar yangi avlodining yaratilishini tashkil etish hamda pedagogik amaliyotga joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Umumiy o‘rta taʼlim fanlari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini tahlil qiladi hamda zarur hollarda takomillashtirilgan o‘quv reja va dasturlarni tajriba-sinovdan o‘tkazish ishlarini tashkil etadi;
O‘quv jarayonini metodik jihatdan taʼminlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganadi;
Fan o‘qituvchilari faoliyati samaradorligini oshirish hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda metodik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etadi;
Darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar yangi avlodining yaratilishini tashkil etish hamda pedagogik amaliyotga joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
O‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakl va usullari, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish;
Bo‘lim zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Innovatsion rivojlanish, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim, Adliya vazirliklari, Davlat test markazi, Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi, Fanlar akademiyasi, shuningdek, boshqa davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda metodik taʼminot va standartlarni ishlab chiqishni samarali tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, bo‘lim faoliyatiga oid muhim masalalar haqida tegishliligi bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosariga muntazam ravishda axborot kiritib boradi;
Taʼlim jarayoni uchun zarur o‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqilishini boshqaradi;
Agentlik tasarrufidagi muassasalarda taʼlim taraqqiyotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan seminar-kengashlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishni muvofiqlashtiradii;
Agentlik rahbariyatining topshirig‘iga binoan, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro, davlat va nodavlat taʼlim muassasalari bilan respublikada taʼlimni rivojlantirish yuzasidan hamkorlikdagi dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda va ularni amalga oshirishda qatnashadi;
Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi, shuningdek, bo‘lim xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qiladi
kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot
kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
chet tillaridan birini boshlang‘ich darajada bilishi;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ish jarayonida erkin foydalana bilishi.
tashkilotchilik, yetakchilik;
sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan mukammal ishlay olish; yaratilayotgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va nazorat qila bilish;
davlatimizning Agentlik tizimiga oid va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi, ish faoliyatiga tatbiq qila bilish;
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilish.
Hujjatlaringizni quyidagi elektron manzilga d.talipova@piima.uz, f.valiyeva@piima.uz yuborish talab etiladi.
Izox: Tavsiya etilayotgan nomzodning o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi (spravka-obyektivka), diplom nusxasi, pasport nusxasi va mob.tel. raqami ko‘rsatilishi kerak.
Lavozimga tanlov asosida ishga qabul qilinadi.