AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTAB O‘QUVCHILARI DUBAYDA BO‘LAYOTGAN TABIIY FANLAR OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISHMOQDA

Birlashgan Arab Amirliklarida 12-21-dekabr kunlari bolib o‘tadigan 18-Xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasida (IJSO) O‘zbekistondan 6 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda. 

Ular orasida Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi maktablar o‘quvchilari ham bor:

- Axror Bahodirov (Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi)

- Shahzoda Hakimova (Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi)

- Sohibjon Dilmurodov (Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi)

Mazkur olimpiadada O'zbekiston terma jamoasiga zafar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Ma'lumot o‘rnida, bu yilgi olimpiada gibrid formatda, ya'ni har bir ishtirokchi davlatdan 1 nafar terma jamoa rahbari bevosita qatnashadi, terma jamoa a'zolari hamda 2 nafar jamoa rahbari esa onlayn shaklda ishtirok etishi belgilangan.