Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilari Xalqaro kimyo olimpiadasida ishtirok etmoqdalar

 Yaponiya davlati tomonidan o'tkazilayotgan 53-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO) dunyoning 65 davlatidan 260 nafar o'quvchi ishtirok etmoqda.

Mazkur olimpiadada O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan o'quvchilar orasida Agentlik tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh kimyogarlar va biologlar ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari Durdona Muxtorxujayeva va Ikromiddin Boymaxammadov ham bor.

Ma'lumot o'rnida, shu yilning aprel oyida bo'lib o'tgan Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida Durdona Muxtorxujayeva kumush, Ikromiddin Boymaxammadov bronza medalni qo'lga kiritgan edi.

O'quvchilarimizga Olimpiadada ulkan zafarlar tilab qolamiz.