Qadring baland bo'lsin, ona tilim!

Mamlakatimizda 1989-yili  21-oktabr kuni ózbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi kelajagimizning rivojlanish yo'lida qo'yilgan muhim qadamlarning biri bo'lib tarixga muhrlandi. Ayni vaqtda ona tilimizga bólgan e'tibor kundan-kunga rivojlanib, yuqori cho'qqiga ko'tarilmoqda.
Bu yil, O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Nizomi qabul qilinib, o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligiga 32 yil to'ladi. Bayram munosabati bilan   2021-yil 19-oktabr kuni Nukus shahridagi Prezident maktabi óqituvchilari va óquvchilari uchun "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori ostida insholar tanlovi tashkillashtirildi. Tanlov g'oliblari bayram munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlar davomida e'lon qilinadi.