Bahor

Bulbullar ham qutlaydi seni, 
Quyosh boshin tortqilar asta. 
Derazamdan boqsam shabboda, 
Qo‘llarimga tutdi guldasta.

Chiroyingdan lol, hayron bo‘lib, 
Bosh ko‘tardi jajji boychechak. 
Sen qalbimda chechaklar ochgan, 
Hislarimni ortgan belanchak .

Kelgin, menga o‘z o‘rningni ber, 
Bo‘lib qolay bir lahza senday. 
Murg‘ak dilga baxsh etgan ilhom, 
Bahor, chiroyingdan aylanay. 

Durdona Inomjonova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining  9-sinf o‘quvchisi.