Endi A level va IGCSE sertifikatlarini olish uchun chet elga borishga zarurat yo‘q – mazkur imtihonlarni Prezident maktablari o‘tkazadi!

 Yurtimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor har qachongidan-da ortib bormoqda. Ularning sifatli ta’lim olishi, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishi uchun   barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, endi xorijiy OTMlarga o‘qishga kirish uchun talab etiladigan A-level imtihonlarini o‘tkazish huquqi Prezident ta’lim   muassasalari agentligiga berildi. Bu esa endi mazkur imtihonlarni o‘zimizda ham topshirish imkoniyatini beradi. Prezident maktablari A-level imtihonlarini       o‘tkazuvchi O‘zbekistondagi yagona Markazdir.

A-level sertifikati nima, imtihon topshirish tartiblari va mazkur sertifikatning afzalliklari haqidagi savollar bilan Agentlik Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Gavhar Ishimovaga murojaat qildik.

-Avvalo, A-level imtihonlari haqida ma’lumot bersangiz? Bu qanday sertifikat, imtihon topshirish talablari qanday?

-A-level sertifikati IELTS, TOEFL va SAT kabi xalqaro sertifikat bolib, unda oquvchi bir vaqtning o’zida 5 tagacha fandan imtihon topshirishi mumkin. Sertifikatda qayd etilgan natija oquvchining shu fan boyicha korsatgichini namoyish etadi va xorijiy OTMlar tomonidan tan olinadi. A-level, shuningdek IGCSE va AS level imtihonlarini topshirish uchun yosh cheklovi, maxsus til bilish sertifikatlari talab etilmaydi.

Bu sertifikat xalqaro miqyosda tan olingan va imtihonlarda A+(a+), A (a), B (b), C (c), D (d) yoki E (e) darajalarini olish mumkin. Bunda A+(a+) - eng yuqori, E(e) - eng past ko‘rsatgich hisoblanadi.

Cambridge Assessment International Education tashkiloti bilan kelishuvga ko’ra, Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga bu imtihonlarni tashkil etish huquqi berildi. Endi A, AS va IGCSE imtihonlarini tosphirish uchun xorijga borishga zarurat yo’q – imtihonlar Prezident maktablarida o’tkaziladi.

  • A-level sertifikati talabgorga qanday imtiyozlar taqdim etadi?

A-Level sertifikati dunyoning 95 mamlakatidagi 1750 dan ortiq oliygohlar tomonidan tan olinadi. Bu ro‘yxatga Times Higher Education tashkiloti tomonidan TOP 20 talikka kiritilgan barcha universitetlar va Buyuk Britaniyada joylashgan oliygohlarning hammasi kiradi. Mazkur OTMlar orasidan Oksford Universiteti, Manchester Universiteti, Stendford Universiteti, Kembrij va Singapur Milliy Universiteti kabi nufuzli xorijiy ta’lim dargohlari ham o‘rin olgan. 

A-level imtihonlarida qayd etilgan natijasiga qarab talabgorning xorijiy OTM ga oqishga qabul qilinish imkoniyati oshadi. Ba’zi universitetlarda mazkur sertifikatdagi ko’rsatgichi kurs davomiyligi va tolov-shartnoma miqdorining kamaytirilishi imtiyozini beradi.

A-level sertifikati Ozbekistonga endi kirib kelayotganini alohida ta’kidlash joiz. Dunyo tajribasida til bilish ko’rsatgichini aniqlovchi xalqaro IELTS va TOEFL kabi imtihonlar singari, muayyan fan yonalishida A-Level imtihonlarini topshirish ham ommalashgan. Hozirda Agentlik tizimidagi Prezident maktablarining barcha o’quvchilari bu sertifikatga ega. Maktablarimizning ilk bitiruvchilari tomonidan qayd etilgan A-level natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi Stive King juda yuqori baholagan edi.

  • A-level imtihonlari qay tartibda otkaziladi? Bu sertifikat faqat Prezident maktablari oquvchilari uchunmi?
  • Yo‘q, mazkur imtihonlarni Respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalari o'quvchilari, shuningdek boshqa istovchilar ham topshirishlari mumkin.

2021/2022-o‘quv yilidagi imtihonlarni Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablari o‘tkazadi. 2022/2023-o‘quv yilidan e'tiboran Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablari mazkur imtihonlarni o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bunda Toshkent shahri va hududlardagi Prezident maktablari mazkur sertifikatlar uchun imtihonlarni tashkil etuvchi Test markazlari vazifasini bajaradi.

AS/A level va IGCSE sertifikatlari uchun imtihonlar an’anaviy tarzda yilda ikki marta - oktabr-noyabr oylarida va may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi. Kuzgi imtihonlar uchun nomzodlar avgust-sentyabr oylarida, may-iyundagi imtihonlar uchun esa mart-aprel oylarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Joriy yilning 20-yanvaridan e’tiboran navbatdagi imtihonlar uchun talabgorlar ma’lumotlari yig‘ilishi boshlanadi.

Agentlik esa, Cambridge Assessment International Education bilan hamkorlikda markazlashgan tartibda imtihon jarayonlarini tashkil etadi va jarayonni nazorat qiladi. Imtihon savollari va sertifikat Cambridge Assessment International Education tomonidan taqdim etiladi.

Agentlik Axborot xizmati