Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida adabiy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir, O‘zbekiston Qahramoni, Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan "Abdulla Oripov zamondoshlari orasida" nomli adabiy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari, shoira, Xurshida Vahobjon qizi, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi Matluba Yusif oxun, shoira Sadoqat Ne'matova, ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatovalar ishtirok etib, Abdulla Oripovning betakror ijodiy merosi, uning vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuyg‘usini madh etgan yetuk badiiy asarlari, sermazmun hayoti va ijtimoiy faoliyatining xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtaldilar.

Tadbir davomida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari tomonidan adib ijodidan namunalar o‘qildi, she'rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlar ijro etildi.