Ogahiy ijod maktabi o'quvchilari xalqaro e'tirofda

2021-yil 5-6-7- iyun kunlari "AMERICAN DREAM" xalqaro uchinchi onlayn konferensiyasida ishtirok etgan Ogahiy ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Ziyoda Saparboyeva liderlik mahorati uchun sertifikat hamda tavsiyanoma bilan taqdirlandi.

Respublika Yosh olimlar Kengashi, ISMA universiteti va Westminster akademiyasi  hamkorligida “UPWARD GROWTH FORUM"i  bo‘lib o‘tdi. Unda Ogahiy ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Gulmira Ravshanbekova eng faol delegat sifatida forumni yuqori saviyada o'tkazilishida qo'shgan hissasi uchun xalqaro Sertifikat, Tashakkurnoma va Tavsiyanomaga ega bo‘ldi.

"REACHING STARS" xalqaro onlayn konferensiyasida ishtirok etgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Ogahiy ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Ziyoda Saparboyeva faol qatnashganligi va liderlik mahorati uchun sertifikat hamda tavsiyanoma bilan taqdirlandi.

"Zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g'oyalar, takliflar va yechimlar" mavzusidagi ko'p tarmoqli 16-sonli Respublika ilmiy-onlayn konferensiyasida "Bir g'azal tahlili" nomli maqolasi bilan faol ishtirok qilganligi uchun Ogahiy ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi Bahodirova Mushtariybonu va ilmiy rahbari, Ogahiy ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Shoira G'ulomovalar Diplom va Sertifikatlar bilan taqdirlandilar.