Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) tizimida Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus ijrosini taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli saʼy-harakatlar olib borilmoqda.
Xususan, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularning isteʼdodini yanada rivojlantirish, ijodkor oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, ilmiy tadqiqot, nazm, nasr hamda AKT sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlariga imkoniyat yaratib berish maqsadida agentlik tizimidagi maktablar oʻquvchilari oʻrtasida “Ogahiyning betakror olami” nomli tanlov tashkil etildi.
Tanlov Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabi tashabbusi bilan https://moodle.piima.uz/ saytida tashkil etildi.
Tanlov quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkazildi:
1. “Ogahiy asarlari bilimdoni” (Oʻquvchilarning oʻqituvchi rahbarligi ostida tayyorlagan ilk ilmiy ishi)
2. “Ogahiy sheʼrlarining mohir ijrochisi” (Ogahiy sheʼrlaridan ifodali oʻqib, videorolik tayyorlash)
3. “Soʻz va sanʼat” (Ogahiy ijodida tabiat tasviri boʻyicha rasmlar tanlovi)
Tanlovda jami 202 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Jumladan, birinchi yoʻnalish boʻyicha 44, ikkinchi yoʻnalish boʻyicha 103, uchinchi yoʻnalish boʻyicha 55 nafar oʻquvchi oʻz ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi.
Tanlov natijasiga koʻra quyidagi oʻquvchilar gʻolib deb topildi.
1-yo‘nalish: “Ogahiy asarlari bilimdoni”
№ |
O‘quvchining ismi va familiyasi |
Maktab |
Ball |
Egallagan o‘rni |
1. |
Umida Bekberganova |
Ogahiy ijod maktabi |
97 |
I |
2. |
Diyora Xatamova |
Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi |
96 |
II |
3. |
Saodat Yaqubova |
Ogahiy ijod maktabi |
96 |
II |
4. |
Shahnozabonu Ahmadullayeva |
Muhammad Yusuf ijod maktabi |
93 |
III |
5. |
Nurjahon Dehqonova |
Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi |
93 |
III |
6. |
Sarvinoz Hakimova |
Ogahiy ijod maktabi |
93 |
III |
7. |
Mushtariybonu Bahodirova |
Ogahiy ijod maktabi |
93 |
III |
2-yo‘nalish: “Ogahiy she’rlarining mohir ijrochisi”
№ |
O‘quvchining ismi va familiyasi |
Maktab |
Ball |
Egallagan o‘rni |
1. |
Gulmira Ravshanbekova |
Ogahiy ijod maktabi |
98 |
I |
2. |
Muxlisa Xamidjonova |
Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi |
96 |
II |
3. |
Ziyoda Saparboyeva |
Ogahiy ijod maktabi |
96 |
II |
4. |
Mirjalol Rahmonberganov |
Ogahiy ijod maktabi |
96 |
II |
5. |
Aynura Alimjanova |
Ibroyim Yusupov ijod maktabi |
95 |
III |
6. |
Amirullo Ismoilov |
Erkin Vohidov ijod maktabi |
95 |
III |
7. |
Zarnigor Ro‘zimatova |
Ogahiy ijod maktabi |
95 |
III |
3-yo‘nalish:“So‘z va san’at”
№ |
O‘quvchining ismi va familiyasi |
Maktab |
Ball |
Egallagan o‘rni |
1. |
Hosila Ozodova |
Ogahiy ijod maktabi |
92 |
I |
2. |
Aysanem Barliqbayeva |
Ibroyim Yusupov ijod maktabi |
90 |
II |
3. |
Sarvara Karimova |
Ogahiy ijod maktabi |
90 |
II |
4. |
Aynura Kenesbayeva |
Ibroyim Yusupov ijod maktabi |
85 |
III |
5. |
Shabnam Egamova |
Ogahiy ijod maktabi |
85 |
III |
6. |
Xudoyor Botirov |
Ogahiy ijod maktabi |
85 |
III |
Ogahiy ijod maktabi tomonidan tanlovda ishtirok еtgan o‘quvchilar sertifikat, g‘oliblar diplom bilan taqdirlanadilar.