Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha ilk marotaba “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkazilmoqda…

Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha ilk marotaba “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkazilmoqda. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” avtomobili beriladi.

“Qoʻqon olimpiadasi” umumtaʼlim maktablarining 5, 6, 7, 8, 9 va 10, 11-sinflari, akademik litseylarning 1, 2-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
“Qoʻqon olimpiadasi”ni tashkil etish va oʻtkazish orqali yoshlar orasida “Bilim — insonni ulugʻlaydi”, degan shior keng targʻib qilinishi bilan birga, gʻoliblarning erishgan yutuqlarini jamoatchilik oʻrtasida yoritish evaziga oʻgʻil-qizlarga yana-da koʻproq motivatsiya berish ham maqsad qilingan. Bu esa oʻquvchi-yoshlar, talabalar orasida ilm olishga boʻlgan qiziqish va intilishlarini  kuchaytiradi.
Nukus shahridagi Prezident maktabining 6 sinf o'quvchisi Timur Kadirbergenov, 8-sinf oquvchisi Shahriyor O'runboyev , 9 sinf o'quvchilari Akmal Xudaybergenov, Begdulla Tursinbaev va 10 sinf o'quvchisi Shohrux Yuldashevlar “Qoʻqon olimpiadasi”ning saralash bosqichidan muaffaqiyatli o'tib, Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.