Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi vakillari shu kunlarda Qozog‘istonning Nursultоn shahrida bo'lib turishibdi.
Tashrif davomida “Nazarboyev intellektual maktablari” bilan hamkorlik qilish, tajriba almashish yuzasidan uchrashuvlar tashkil etildi.
Maktablarni rivojlantirishda xalqaro akkreditatsiyaning o'rni, Agentlik tizimidagi maktablar o'rtasida olimpiadalarni yo'lga qo'yish, tizimdagi maktablarda milliylik va mentalitetimiz mezonlarini hisobga olish muhimligi haqidagi davra suhbatlari shular jumlasidan.
Agentlik vakillari Ta'lim dasturlari markazi faoliyati bilan tanishishib, hamkorlikda taʼlim standartlarini ishlab chiqishga kelishishdi.
Ikki mamlakat mutaxassislari uchrashuvi “Biz o'qituvchilar bir narsani o'zimiz uchun belgilab olishimiz zarur - biz kelajak ixtirolari iste'molchilarini o'qitamizmi yoki ushbu ixtirolar ijodkorlarinimi?” degan mezon asosida bo'lib o'tmoqda.