Prezident maktablari birinchi bosqich imtihonlariga start berildi

Prezident maktablarida kirish imtihonlarining saralash bosqichiga start berildi. Talabgorlar FaceID tizimidan o’tib guruh nazoratchilari boshchiligida o’z joylarini egallashdi.

Shuningdek, barcha xavfsizlik choralari koʻrilgan. Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Uzinfocom hamda tibbiyot xodimlari oʻz masʼulliglariga koʻra jarayonni nazoratga olishdi. Oʻquvchilar faqat tugʻilganlik haqidagi guvohnoma,imtihonga qatnashish ruxsatnomasi bilan kiritildi va jarayon karantin qoidalariga rioya qilingan holda o'tkazildi. 

Toshkent shahridagi imtihonlar Botanika bog’ining B va C sektorlarida hamda G’alaba bog’ida tashkillashtirildi.  Hozirda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va Respublikamizdagi barcha viloyatlarda Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichining 1-smenasi yakunlandi.

Jarayonning shaffof o'tishini  taminlash maqsadida OAV vakillari ham taklif etilgan. Shuningdek, imtihon jarayonlari Cambridge Assesment vakillari nazoratida olib borildi.

O'quvchilarning  tibbiy niqoblari  imtihonga kirishdan oldin  alishtirilib, tashkilotchilar tomonidan yangi tibbiy niqob taqdim etildi. Ota-onalar kutish joyida ular uchun Covid-19 ga qarshi vaksina ko'chma punkti tashkil etilib, ota-onalar ixtiyoriy tarzda emlandi.

O'quvchilarning imtihon javob varaqalari o'sha vaqtning o'zidayoq qoplarga joylanib, Cambridge Assessment tashkilotiga yuborildi.