Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda belgilanishi yuzasidan Cambridge Assessment izohi

Prezident maktablariga kirish imtihonlarida javoblar qalamda belgilanishi sabablari yuzasidan Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i Gwen Caudwell izoh berdi:

- Javoblar maxsus apparat yordamida tekshiriladi. Talabgorning javoblarni qalamda belgilashi unga xato qilganda uni o‘zgartirish va boshqa javobni tanlash imkonini beradi. Bu holat ruchkada amalga oshirilganda esa  xato belgilangan javobni o‘chirishning imkoni bo‘lmaydi. Maxsus apparat esa bunday bo'yalgan  javoblarni qabul qilmaydi.