Shoir va ijodkorlar Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishdi

Agentlik tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zolari – O'zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, O'zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, O'zbekiston Respublikasiga xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog'iston xalq shoiri Rustam Musurmon, «Yoshlik» jurnali muharriri Nodir Jonuzoq va Qoraqalpog'iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a'zolari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda bo'lib o'tdi va o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Uchrashuv so'nggida mehmonlar o'zbek adabiyotining yorqin asarlarini maktab kutubxonasiga sovg'a qildi.