Tajriba almashuv yuzasidan o‘quv-seminariga start berildi

Nukus shahridagi Prezident maktabida Qoraqalpog'iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda vazirlikka qarashli ixtisoslashtirilgan maktablarning va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga qarashli Ibroyim Yusupov ijod maktabining biologiya, ingliz tili, matematika, informatika, kimyo, ona tili, tarix fani o'qituvchilari va Prezident maktabining mahalliy va chet ellik pedagoglari ishtirokida 36 soatga mo'ljallangan tajriba almashish o'quv-seminariga start berildi.

Ushbu seminar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2020-yil 30-oktabrdagi videoselektor yig'ilishining 86-sonli bayonati 17-bandida ko'rsatilgan O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 8-bandida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

O'quv-seminari davomida maktab o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkillashtirildi.

• Ona tili va adabiyoti: Ishtirokchilarga ona tili va adabiyoti darslarida o'quvchilarning hayotiy ko'nikmalarini rivojlantirish usullari haqida tushunchalar berilib, olingan bilimlar amaliy mashqlar bilan mustahkamlandi va tajribalar bilan o'rtoqlashishdi. 

• Matematika: Qatnashuvchilar o'qitish usuli haqida kengroq tushunchaga ega bo'lib, har bir o'qituvchi darsini boshlamasdan oldin o'quvchilarni fiziologik va psixologik tarafdan o'rganib chiqishning ahamiyati haqida ma’lumotga ega bo'lishdi.

• Kompyuter ta’limi: Bu seksiyada darslarni qanday qiziqarli o'tish mumkinligi bo'yicha foydali ma’lumotlar, darslarda qo'llaniladigan metodlar va vositalar, qaytar aloqa qilishning usullari haqida tushunchaga ega bo'lishdi. 

• Ingliz tili: O'quvchilarni darsga qiziqtirish usullari va ularning faolligini oshiruvchi metodlar, amaliy mashqlar orqali qatnashchilarga mahorat darsi o'tkazildi.

• Biologiya: biologiya fanini kreativ usulda o'qitish bo'yicha tushunchaga ega bo'lib, tajriba orttirishdi.

• Fizika: Fizika fanida texnologiyani integratsiyalashtirish orqali qiziqarli dars tashkil qilish metodlari haqida ma’lumot berildi. 

• Kimyo: Kimyo darsida laboratoriya ishlarini zamonaviy texnologiyalardan foydalanish usullari haqida tushunchalar berildi.