"TEATR IBRATXONADIR": ANDIJON, BUXORO VILOYATLARI BOSQICHI

#teatr_ibratxonadir
#hududiy_bosqich

 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida "Teatr – ibratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning hududiy bosqichi qizg‘in davom etmoqda.

Agentlikning Andijon va Buxoro viloyatlarida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻzaro bellashdi. Yakuniy natijalarga koʻra:

Andijon viloyati bosqichida – "Eski shahar gavroshlari" spektakli bilan Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi teatr jamoasi;

Buxoro viloyati bosqichida – “Ilhaq”  spektakli bilan Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi teatr jamoasi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.