Prezident ta'lim muassasalari agentligi Agentlik tizimidagi maktablarda dars beruvchi pedagoglarning malakasini oshirib borish maqsadida UNESCOning O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish ilmiy-tadqiqot loyihasi ustida ish olib bormoqda.
Mazkur tadqiqot loyihasi doirasida o'qituvchi kadrlarning kasbiy rivojlanishlari uchun maxsus model yaratish va uni sinovdan o'tkazish ko'zda tutilgan. Loyihaning ilk bosqichi sifatida face-to-face o'quv treninglar tashkil qilinmoqda. Navbatdagi trening mashg'ulotlari Xiva shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tdi
Unda Agentlikning xorijiy mutaxassislari pedagoglarni XXI asr pedagogikasining zamonaviy metodlari bilan tanishtirib bormoqdalar.
Ma'lumot o'rnida, ushbu loyihada Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat O'zbekiston ishtirok etmoqda.