Ikki tillik poetik lug‘ati bo'yicha Zoom orqali uchrashuv tashkil etildi

O‘zbek va ingliz tillaridagi  tasviriy ifodalarning ikki tillik poetik lug‘ati o‘zbek adabiyotidan xorijiy tillarga badiiy tarjimalarni amalga oshirishda ilk innovatsion loyiha hisoblanadi.

Agentlik tomonidan mazkur lug‘at mualliflaridan biri Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Gulnoza Odilova  bilan  Zoom orqali uchrashuv tashkil etildi. Unda ushbu lug‘atdan qanday foydalanish, she’rlarni ingliz tiliga qanday tarjima qilish bo‘yicha mahorat darsi o‘tildi. Shuningdek, tarjima nazariyasidan saboq berildi hamda internetdagi sifatli bepul resurslar bilan  tanishtirildi.

 Ushbu lug‘at ilm-fanni yana-da rivojlantirish, iqtidorli ijodkor yoshlarni badiiy tarjima va ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoit yaratish hamda o‘zbek adabiyotidan ingliz tiliga badiiy tarjima ishlari maksimal darajada yengillashtirishni maqsad etgan.