Xalqaro forum doirasida ilk Memorandum imzolandi

Bugun, 22-noyabr kuni "Yangi O‘zbekiston" universiteti binosida "Yangi O‘zbekiston" universiteti va Massachusetts Texnologiyalar Instituti J-WEL o‘rtasida o'zaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha Memorandum imzolandi. 

Ushbu hamkorlikdan ko'zlangan maqsad:
- tegishli muassasaning o'quv va ilmiy faoliyatiga qiziqishni oshirish;
- har ikkala institutning iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy masalalarni tushunish darajasini oshirish;
- ichki yoki tashqi resurslar tomonidan moliyalashtiriladigan qo'shma tadqiqot takliflari bo'yicha hamkorlik qilish;
- professor-o'qituvchilar, talabalar va xodimlar almashinuvini rag'batlantirish

Mazkur Memorandum Prezident taʼlim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova hamda  J-WEL direktori doktor Vijay MS Kumar tomonidan imzolandi.