Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi o'z yakuniga yetdi

So‘nggi yillarda ta’limga bo‘lgan yuksak e’tibor samarasi o‘laroq yuzaga chiqayotgan iqtidorli va iste’dodli o‘quvchilarimizni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning mamlakatimiz ravnaqi yo‘lidagi haqiqiy kadrlar bo‘lib yetishlarida zaruriy shart-sharoitlarni yaratish yurtboshimiz tomonidan qo‘yilgan eng ustivor vazifalardan biridir. Prezidentimiz tomonidan  “Oltin fondimiz” deya e’tirof etilayotgan kelajagimiz  egalari bunday ishonchni oqlash uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqdalar.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining navbatdagisi O‘zbekistonda tashkil etildi va bu mamlakat hayotida katta voqea bo‘ldi.

Xalqaro olimpiada muvaffaqiyatli yakunlanib, tadbirning yopilish marosimi 15-may kuni o‘tkazildi.
Tadbirda hukumat a’zolari va yurtimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik  korpus vakillari ishtirok etishdi.

 Marosimda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori H.Umarova so‘zga chiqdi:
56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi doirasida dunyoning 16 mamlakatidan iqtidorli yoshlar  h
amda kimyo ilmining eng buyuk namoyondalari Yurtimizga tashrif buyurganidan bag‘oyatda xursandmiz! – deydi Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova.

Navbatdagi Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining  yurtimizda o‘tkazilishi mamlakatimiz tarixida alohida iz qoldirmoqda, desak adashmaymiz. Azaldan ma’rifatga beshik bo‘lgan yurtimiz bugun yana bir bor ilm ahlini birlashtirdi. 

O‘tgan bir hafta davomida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan 100 ga yaqin iste’dodlar nafaqat o‘zaro kuch sinashishdi, balki bilim va tajribalarini oshirib, yangi do‘stlar orttirishdi. Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan Toshkent-u  Samarqanddagi qutlug‘ qadamjolarni ziyorat qildilar.

Hurmatli prezidentimiz doim ilm – tinchlik va do‘stlik ko‘prigidir, deb ta’kidlaydilar. Shunday ekan, sizlarni bir-do‘stlik nuqtasida birlashtirganimizdan mamnunmiz.

Bugungi natijangiz qanday bo‘lishidan qat'i nazar ushbu olimpiada keyingi faoliyatingizda muhim o‘rin tutishiga aminman. Ishonamanki, bu davrada ishtirok etayotgan yoshlarning har biri o‘z mamlakatining faxr-u iftixoriga aylanadi va jahon ilm-faniga ulkan hissa qo‘shadi.

Moskva davlat universiteti kimyo fakulteti dekani Stepan Kalmikov so’zi:
– Bu yil medal sohiblari orasida birdaniga beshta davlat vakili bor, – deydi Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasi raisi, Moskva davlat universiteti kimyo fakulteti dekani Stepan Kalmikov. – Qolaversa, an'anaviy tarzda kuchli natija ko‘rsatayotgan jamoalar ham, oltin medal sohiblari orasida yangi kelganlar ham bor. Ayniqsa, O‘zbekiston terma jamoasini tabriklayman. Ayni paytda mamlakatda ta’lim sohasida katta islohotlar amalga oshirilmoqda va bu o‘z samarasini yaqqol ko‘rsatmoqda”.

Olimpiada natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston  terma jamoasi Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida jami 10 ta  medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 1tasi oltin, 4 tasi kumush va 5 tasi bronza medallaridir.

Yurtimiz terma jamoasining natijalari olimpiadada munosib ishtirok etganini ko‘rsatdi.

Mendeleyev olimpiadasi Toshkent shahrida kunduzgi formatda o‘tkazildi va ikkita nazariy hamda  bitta tajriba bosqichidan iborat bo‘ldi.
Olimpiada tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi,  M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining kimyo fakulteti  va “EuroChem”kompaniyasidan iborat.

MMO-56 musobaqasida 16 mamlakatdan 100 ga yaqin maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar. Ular 28 ta bronza, 18 ta kumush va 9 ta oltin medal uchun kurash olib borishdi. Rossiya, Belarus, Turkiya va Isroildan kelgan ishtirokchilar ham oltin medal sohibi bo‘ldi.
Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasining mutlaq g‘olibi sifatida moskvalik Ignatiy Tarabrin maktab o‘quvchilari e’tirof etildi. Ular  2 million rubl miqdoridagi akademik Valeriy Lunin mukofotiga sazovor bo‘ldilar.

56-XALQARO MЕNDЕLЕYЕV KIMYO OLIMPIADASIDA O‘ZBЕKISTON NOMIDAN ISHTIROK ETGAN O‘QUVCHILAR JAMOASI:

1️) Jamolov Azimjon Ravshan o‘g‘li - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi; OLTIN MEDAL

2️) Badalova Maftuna Lutfullo qizi - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi; KUMUSH MEDAL

3️) Boymahamadov Ikromiddin Axmadjon o‘g‘li - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi; KUMUSH MEDAL

4) Gafarov Emirali Aliеvich - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi; KUMUSH MEDAL

5) Mahmudov Abdulloh Alishеr o‘g‘li - Toshkеnt shahridagi 81-IDUM o‘quvchisi, KUMUSH MEDAL

6️) Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi; BRONZA MEDAL

7️) Nazarov Azizbеk Farrux o‘g‘li - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi; BRONZA MEDAL

8️)  Shaymatov Shеrzod Shaxobiddin o‘g‘li - Navoiy shahridagi 11-AFCHO‘IM o‘quvchisi, BRONZA MEDAL

9) Mеliqo‘ziеv Ozodbеk Erkinjon o‘g‘li - Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi 2-IDUMI o‘quvchisi, BRONZA MEDAL

10) Ergashеv Murodbеk Anvarovich- Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi 68-DMI o‘quvchisi, BRONZA MEDAL

1️1) Ismoilova Muqaddas Bеkmurod qizi - Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi JPI AL o‘quvchisi - SERTIFIKAT;
12) Bahodirov Ahror Mardonbеkovich - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi - SERTIFIKAT.

OLTIN MEDAL OLGAN JAMOALAR:

ROSSIYA :5 TA

O'ZBEKISTON: 1 TA

TURKIYA: 1 TA

ISROIL: 1 TA

BELORUS 1 TA

KUMUSH MEDAL OLGAN JAMOALAR:

O'ZBEKISTON: 4 TA

ROSSIYA: 4 TA

BELORUS: 3 TA

QOZOG'ISTON: 3 TA

TURKIYA: 1 TA

OZARBAYJON: 1 TA

ARMANISTON: 1 TA

VENGRIYA: 1 TA

BRONZA MEDAL OLGAN JAMOALAR:

O'ZBEKISTON: 5 TA

QOZOG'ISTON: 5 TA

ISROIL: 3 TA

TURKIYA: 2 TA

AVSTRIYA: 2 TA

OZARBAYJON: 2 TA

SURIYA: 2 TA

SAUDIYA ARABISTONI: 1 TA

QIRG'IZISTON: 1 TA

XORVATIYA: 1 TA

ROSSIYA: 1 TA

ARMANISTON: 1 TA

Olimpiadaning barcha g’oliblarini chin yurakdan muborakbod etamiz!