Iste’dodli va zamonaviy fikrlaydigan yoshlar diqqatiga!
– Siz xorijiy mutaxassislar bilan ishlashni
– Mutaxassislarining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan, yuksak maqsadlarni ko‘zlagan, iqtidorli jamoada ish o‘rganishni istaysizmi?
Unda Sizni Agentligimizda kutamiz!
Аgentlik markaziy apparatida amaliyot o‘tash uchun siz joriy yilning 10-noyabiridan 5-dekabriga qadar ariza topshirishingiz mumkin.
Sizdan:
– O‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
– ingliz va rus tillarini bilish;
– ijodkorlik;
– jamoada ishlash qobiliyati;
– kompyuterda erkin ishlay olish;
– va albatta mehnatsevarlik, mas’uliyatlilik talab etiladi.
Amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarga Agentlik tomonidan sertifikat beriladi va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga suhbat asosida ishga qabul qilinadi.
Amaliyot 12 oy davom etadi.