“Yangi O‘zbekiston” talabalari Kanadadagi yadro fizikasi bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok etishmoqda!

”9Li va 9He yadrolarining rezonans holatlarini uzatilish reaksiyalari orqali organish" nomli tadqiqot loyihasi Kanadadagi nufuzli TRIUMF tadqiqot markazi tomonidan tashkillashtirilmoqda va 10 kun davom etadi. Ozbekistonlik olimlar va talabalar guruhiga "Yangi Ozbekiston" universiteti professori, fizik Alisher Sanetullayev boshchilik qilmoqda.
 
Ma’lumot ornida, mazkur loyihada turli davlatlardan, xususan amerikalik, yaponiyalik, germaniyalik va kanadalik olimlar qatnashishmoqda. TRIUMF markaziga bu kabi tadqiqotlar uchun bir yilda 50 million dollardan koproq mablag sarflaydi. Pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda loyiha gibrid tarzida tashkil etilgan, ozbekistonlik tadqiqotchilar unda onlayn ishtirok etishmoqda.