“Agentlik Ingliz tili olimpiadasi” o'tkaziladi

Oʻzbekison Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida 2021-yil chet tillarini oʻqitishni rivojlantirish ustuvor yoʻnalish sifatida tanlandi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Prezident, ijod va ixtisolashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining buyrugʻi asosida Agentlik tizimidagi maktablar uchun ikki bosqichli “Agentlik Ingliz tili olimpiadasi”ni tashkil etish belgilandi. Olimpiada 6-7, 8-9 va 10-11 sinf oʻquvchilari uchun oʻtkaziladi.

Bugun olimpiadaning 1-bosqichi onlayn tarzda Agentlikning test.piima.uz platformasida oʻtkazildi. 1-bosqichda har bir maktabdan 9 tadan, jami 144 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Natijalarga koʻra har bir yosh toifasida eng yaxshi 10 tadan, jami 30 ta oʻquvchi final yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.

Final bosqichi Namangan shahridagi Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarni oʻrganishga ixtisoslashtirilgan maktab-interda 29-may kuni oʻtkaziladi. Final bosqichida oʻquvchilarning tinglab tushunish(listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va oʻqib tushunish (reading) koʻnikmalari baholanadi. Har bir yosh toifasida gʻoliblar mos ravishda smartfon (3-oʻrin), televizor (2-oʻrin) va noutbuk (1-oʻrin) bilan taqdirlanadi.