Cambridge Assessment tashkilotidan G.Caudwell Prezident maktablariga kirish imtihonlari yuzasidan

Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i Gwen Caudwell Prezident maktablariga kirish imtihonlari yuzasidan munosabat bildirib, kirish imtihonlari  natijalarining adolatli bo'lishini ta'kidlab o'tdi.

Mazkur intervyu subtitr bilan e'tiboringizga havola etilmoqda.

Hurmatli ota-onalar, natijalar e'lon qilinmasdan, turli  gap-so'zlarga yo'l qo'ymasligingizni so'raymiz. Cambridge Assesment tashkiloti har bir nomzod natijasining adolatli bo'lishini ta'minlashni o'z zimmasiga oldi.

Eslatib o'tamiz, asossiz korrupsiyada ayblash, shaxsga nisbatan qilingan bo'hton va tuhmatlar uchun qonun oldida javobgarlik belgilangan.