Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari - Qo‘qon universitetida

 

Qo‘qon shahri ilk bor matematika fanidan respublika olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda. Yakuniy bosqichga hududlardagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 53 nafar ishtirokchilari ham yetib keldilar va ularga olimpiada dasturi, maxsus futbolka, ryukzak hamda atributlar tuhfa etildi.

Olimpiada oldidan Qo‘qon universitetiga Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarova tashrif buyurdi. Agentlik rahbari Qo‘qon universitetida talabalar uchun hozirlangan sharoitlar, respublika olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonlari, ishtirokchilarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Shuningdek, Toshkent  Prezident maktabi matematika fani o‘qituvchisi Charles Ndungu (Keniya) ham Qo‘qon universitetining olimpiada o‘tkazish tashabbusini ma’qullab, bu o‘quvchilar iqtidorini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishini e’tirof etdi.