"Yangi O'zbekiston" universiteti bo'yicha hamkorlik

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda “TUM International GmbH” tashkiloti o‘rtasida shartnoma  imzolandi.

Mazkur shartnomada Myunxen Texnika Universitetida 24 yil davomida rektorlik qilgan Wolfgang Herrmann “Yangi O‘zbekiston” universitetining “Faxriy рrezidenti” bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Shu bilan birga, mazkur hamkorlik asosida o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim sifatini nazorat qilish hamda laboratoriya va kutubxonalarni kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlashda amaliy ko‘mak berish maqsad qilib olingan.

Shuningdek, TUM international GmbH tashkiloti boshqaruv direktori Friederike Hettinger bilan imzolangan shartnoma asosida, tashkilot Universitet boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish hamda Universitetga tajribali olim va professorlarni jalb qilish jarayoniga o‘z hissasini qo‘shadi.