Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik to‘g‘risida
MA’LUMOT
- Cambridge Assessment - Xalqaro o‘quv dasturi, Kembrij imtihoni (AS А -darajali), PDQ dasturi, akkreditatsiya, Prezident maktablari va “Yangi O‘zbekiston” universitetga kirish imtihonlari Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
- Seek teachers, Teachaway - yuqori malakali STEAM xalqaro o‘qituvchilarini yollash.
- TUM - 12 ta yuqori malakali professorlarni TUM International GmbH tomonidan tashkil etilgan 3 bosqichli intervyu orqali tanlab olish.
- TUM - TUM International GmbH tomonidan ishlab chiqilgan matematika, fizika va kimyo fanidan o‘quv dasturi, laboratoriya amaliyot dasturlari.
- COGNIA - Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi o‘quv jarayoniga ta’limning ilg‘or shakllarini, pedagogik texnologiyalar va IT innovatsiyalarini Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda joriy etishni hamda Cognia tomonidan akkreditatsiyadan o‘tishini maqsad qilgan.
- KOREYA TA’LIM MARKAZI – Ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablariga STEM fanlaridan dars beruvchi Koreyalik o’qituvchilarni jalb qilinmoqda.
- CIS (Council of international schools) –Prezident maktablari CIS akkreditatsiyasidan o‘tish bosqichida.
- IB (International Baccalaureate) – Ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari IB akkreditatsiyasidan o‘tmoqda
- Pearson Edexcel - Buyuk Britaniyadagi yetakchi akademik va kasbiy malakalarni baholaydigan tashkilot. Prezident maktablari Pearson Edexcel akkreditatsiyasidan o‘tkazish va ularni rasmiy imtihon markazlariga aylantirish.
- Letovo - Rossiya Federatsiyasida joylashgan xalqaro maktabi bilan hamkorlik doirasida Agentlik tizimidagi maktablari orasida o‘zaro o‘qituvchilar, o‘quvchilar almashinuvi dasturlari, tanlovlar va olimpiadalar kabi qator loyihalarni amalga oshirish.