Malakali kadr-professional ta'lim demakdir

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan joriy yilda agentlik tasarrufidagi maktablarga mahalliy va xorijiy kadrlarni jalb qilish, maktablarning o‘qituvchilariga professional talablar yaratish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Bu xususda Agentlikning Seleksiya va pedagoglar malakasini oshirish bo‘limi boshlig‘i  Nargiza Kuchkarova bilan suhbatlashdik.

1. Seleksiya va kadrlarni tanlab olish bosqichlari nimalardan iborat?

Birinchi navbatda job.piima.uz ga tushgan talablarni doimiy ravishda monitoring qilib, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun tanlash talablariga muvofiq potensial nomzodlar tanlab olinadi. Undan keyin, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qituvchi kadrlarni saralab olish bo‘yicha ishchi guruh yaratilib, nomzodlar ikkinchi bosqich (essey/keys stadi) asosida baholanadi. Ishchi guruh imtihon natijalarini shakllantiradi va muvafaqqiyatli o‘tgan nomzodlar ro‘yxatini taqdim etadi. Mazkur nomzodlarga ZOOM intervyu bosqichiga yo‘llanma beriladi.

2. Agentlik va idoraviy bo‘ysunuvdagi maktablarda xorijiy pedagog-kadrlarni jalb qilish tartibi qanday?

Ma’lumki, Job PIIMA.uz saytida hamda turli kanallar va saytlarda bo‘sh ish o‘rinlari haqida doimiy ma’lumot berib boriladi. Kelib tushgan arizalar monitoring qilinib, nomzodlarning talablarga muvofiqligini tekshirish uchun tavsiyanomalari bilan tanishiladi. Keyin esa ular bilan intervyu o‘tkazilib, talablarga mos tushgan muvafaqqiyatli nomzodlarga taklif xati jo‘natiladi. Xat ikki tomondan ham tasdiqlangan so ‘ng yuridik bo‘lim tomonidan shartnomalar matni tayyorlanib, viza olish jarayoniga tayyorgarlik boshlanadi.

3. Uzluksiz kasbiy rivojlanish (Baseline study) tizimini yaratish bo‘yicha dastlabgi tadqiqotlar qanday tartibda olib boriladi?

Mazkur tadqiqotlar 4 bosqichda shakllantirildi:

1) xalqaro tajribani o‘rganish;

2) Pedagog kadrlarning kasbiy malakasini o‘rganish;

3) Darslarni kuzatish (Lesson observation), o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan intervyular tashkil qilish;

4) Yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish.

 

4. PIIMA tasarrufidagi maktablarning o‘qituvchilariga professional talablar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot bersangiz.

Avvalambor, bu borada standartlar va o‘quv dasturlarini yaratish bo‘limi tomonidan taqdim qilingan yangi ta’lim standartlari o‘rganib chiqilmoqda. Undan keyin, xuddi shu standartlar asosida yangi professional talablar ishlab chiqiladi va hamda tastiqlanadi. 

5. Agentlikning kelgusi rejalari nimalardan iborat?

Hozirda agentlik tegishli bo‘limlari tomonidan malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish va o‘quv uslubiy majmualar yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, 10 ta yangi ochilgan Prezident maktablariga pedagog-kadrlarni saralab olish ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari, maktab o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslari bo‘yicha treninglar o‘tkazilishi hamda munosib trenerlarni tanlab olish rejalashtirilgan.