Markaziy apparat

Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna
Direktor maslahatchisi
Elektron pochta: e.karimova@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (115)
Shakirova Sevara Boxodirovna
Boshqarma boshlig‘i
Elektron pochta: s.shakirova@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (155)

Vazifasi

  • Agentlikning Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bilan ishlash bo‘limlari faoliyatini, shuningdek, bo‘limlar orqali ushbu maktablarda taʼlim-tarbiya  jarayonining tashkil etilishini muvofiqlashtirish
  • Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim-tarbiya sifatini yana-da yaxshilanishini, taʼlim-tarbiya jarayoniga o‘qitishning ilg‘or shakllarini, innovatsion pedagogik texnologiyalarini joriy etilishini yo‘lga qo‘yadi hamda ijrosini nazorat qilish.
  • Boshqarma faoliyatini takomillashtirish, o‘zining va tegishli bo‘limlardagi xodimlarning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘radi. Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bo‘yicha rahbarlik lavozimlariga nomzodlar zahirasi bilan ishlaydi, bu lavozimlarga nomzodlarni tavsiya etish
  • Boshqarma faoliyati mazmuniga tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining taʼlimga oid qonunlari, yuqori Davlat organlarining qaror va farmoyishlari, shuningdek, Agentlik qarorlari va buyruqlarida belgilangan tegishli vazifalarning bajarilishini taʼminlash
  • Boshqarmaning yillik, yarim yillik va choraklik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun tegishliligi bo‘yicha direktor o‘rinbosariga va Agentlik direktoriga kiritish
  • Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini o‘rganish, analitik tahlil qilishda ishtirok etadi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish
  • Agentlikning boshqarma va bo‘limlari, tizimdagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bilan birgalikda taʼlim-tarbiya jarayonini rivojlantirishning yaqin, o‘rta va uzoq istiqbol rejalarini ishlab chiqish
  • Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyatini muvofiqlashtirish orqali ularda taʼlim-tarbiya sifatini yana-da yaxshilanishini, taʼlim-tarbiya jarayoniga o‘qitishning ilg‘or shakllarini, innovatsion pedagogik texnologiyalarini joriy etilishini nazorat qilish
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati bilan bog‘liq murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini taʼminlash
  • Agentlikning Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga oid buyruqlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq rasmiylashtiradi, boshqarmaga tegishli hujjatlarni saqlaydi va o‘rnatilgan tartibda arxivga topshirish
Shermatov To‘raboy Yusupboyevich
Boshqarma boshlig‘i
Elektron pochta: t.shermatov@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (300)
Shakirov Xasan Rustamovich
Boshqarma boshlig‘i
Elektron pochta: x.shakirov@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (201)

Vazifasi

  • Byudjet so‘rovini, byudjet buyurtmasini, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, ularga o‘zgartirishlarni, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni ko‘rib chiqadi va imzolash
  • Moliyaviy-iqtisodiy masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tegishliligi bo‘yicha Agentlik qarorlari, buyruqlari va shu kabi boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish
  • Agentlikning tegishli boshqarma va bo‘limlari tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Boshqarmaga tegishligi bo‘yicha ko‘rib chiqish
  • Agentlik markaziy apparatining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini shuningdek, ularga kiritiladigan o‘zgartirishlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishini ta’minlash
  • Tejamkorlik rejimiga amal qilgan holda xarajatlar smetalarida talab etilmaydigan tadbirlar uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar kiritishga yo‘l qo‘ymaslikni nazorat qilish
  • Agentlik tizimidagi tashkilot va muassasalar xarajat smetalari va jamlanma xarajat smetalarini, shtatlar jadvali va jamlanma shtatlar jadvalini shuningdek, ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazishini tashkil etish
  • Agentlik tizimidagi tashkilot va muassasalarga moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar berib borish
Muxammadiyev Ulug‘bek Tulqinovich
Bo‘lim boshlig‘i
Elektron pochta: u.muhammadiyev@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (141)

Vazifasi

  • Agentlikning markaziy apparati va Agentlikning tasarrufidagi  muassasalarda yuridik xizmat bilan ishlarni bo‘lim xodimlari ishtirokida olib borish
  • Yuridik xizmat bilan bog‘liq ishlarni qonun hujjatlariga asosan olib borish.
  • Agentlik tizimidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda Bo‘limning xodimlarini normativ hujjatlar bilan taʼminlanganlik darajasini o‘rganadi va amaliy yordam berish.
  • Yuridik xizmat va xalq taʼlimi sohasiga bevosita tegishli normativ-huquqiy xujjatlar bazasini tayyorlash yuzasidan ishlarga boshchilik qiladi va ushbu vazifaning bajarilishini bevosita nazorat qilish.
  • davlat organi va tashkilotining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish;
  • davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
  • davlat organi va tashkilotining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish
Jangirov Jo‘rabek Qarshiyevich
Bo'lim boshlig'i
Elektron pochta: j.jangirov@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (121)

Vazifasi

  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining faoliyati, ta’lim tizimida Agentlik tomonidan olib borilayotgan ishlar, shu jumladan, yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shayotgan hissasi bilan keng jamoatchilikni tanishtirib borish; 
  • Tasarrufdagi maktablarning faoliyati, ularda tahsil olayotgan o‘quvchilarning qo‘lga kiritayotgan yutuqlari haqida jamoatchilikni tanishtirib borish;
  • Respublikaning o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan iqtidorli o‘quvchilarni aniqlab, ularni prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar haqida xabardor qilish ishlarini turli ijtimoiy tarmoqlar orqali tashkil qilish va muntazam yuritish bilan shug‘ullanadi.
Togayeva Zamira Fayzullayevna
Bo‘lim boshlig‘i
Elektron pochta: z.togayeva@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (261)

Vazifasi

  • Davlat xizmatiga zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor, masʼuliyatli, kasbiy tayyorlangan kadrlarni jalb etishda, Davlat boshqaruvi va ijroiya organlarida kadrlar hisobini yurituvchi tizimni takomillashtirishda hamda yuqori malakali kadrlarni chet elga ketib qolishining oldini olishda, ularni davlat xizmatiga, iqtisodiyot tarmoqlariga keng jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi loyihasini ishlab chiqishda tegishli vazirlik va idoralarda tashkil etilgan ishchi guruhlarga aniq takliflar kiritib borish.
  • Agentlik tizimidagi pedagog kadrlar taʼminoti va tarkibi bo‘yicha tekshiruvlarda ishtirok etish
  • Muvaffakiyatli xorijiy tajribadan kelib chiqqan xolda menejmentning zamonaviy tizimlari asosida kadrlar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish
  • Kadrlarni boshqarish sohasida xodimlar tarkibining son va sifat xususiyatlari agentlik oldida turgan vazifalarga muvofiq kelishiga erishish va uni saqlab qolishga yo‘naltirilgan siyosatni shakllantiradi va amalga oshirilishini taʼminlash
  • Agentlik xodimlari uchun mansab pog‘onalaridan ko‘tarilishda mehnat faoliyatini ahloq-iroda sifatlari, iqtidori va ko‘nikmalarini obyektiv baholashga asoslangan teng imkoniyatlar yaratilishini taʼminlaydi va nazoratga olish.
  • Xodimlarda yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqat qilib bo‘lmaydigan munosabatni shakllantirish bo‘yicha taʼsirchan choralarni ko‘rish
  • Muntazam asosda kadrlarning professional darajasini oshirish, bunda ularning uzluksiz taʼlim olishini (sohaga oid va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda), shu jumladan xorijda tashkil etadi
  • Agentlik tasarrufidagi maktablarlarning kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari faoliyati muvofiqlashtirilishini tashkil etish
Axmuratov Alisher Xamdamovich
Bo‘lim boshlig‘i
Elektron pochta: a.axmuratov@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (131)

Vazifasi

  • Agentlikning xalqaro aloqalarini o‘rnatish, ularni kengaytirish va samarasini oshirish;
  • Agentlikning xorijiy mamlakatlar ta’lim boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik ishlarini muvofiqlashtirish;
  • Agentlik tizimida xalqaro aloqalar bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirish;
  • Agentlik nomidan tuziladigan xalqaro kelishuvlar, memorandumlar, dasturlar va boshqa hujjat loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • direktor, direktor o‘rinbosarlari va Agentlik xodimlarining xalqaro tadbirlarda ishtirokini ta’minlash;
  • xalqaro va diplomatik protokol tartiblariga muvofiq Agentlikning (zarur hollarda direktor o‘rinbosarlarining) xalqaro va xorijiy tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar vakillari bilan uchrashuvlarini tashkillashtirish;
  • xalqaro tadbirlarda Agentlik rahbariga protokol hamrohlikni amalga oshirish;
  • Agentlik rahbariyati, xodimlari, shuningdek, tasarrufdagi maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining xorijga xizmat safarlari uchun nomzodlarni tanlashda ishtirok etish va o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish;
  • Agentlikka tashrif buyurayotgan chet el delegatsiyalarini qabul qilish ishlarini muvofiqlashtirish;
  • Agentlikning xorijiy mamlakatlar ta’lim boshqaruvi organlari va boshqa tuzilmalari bilan kelishilgan xalqaro dasturlar, shartnomalar, bitimlar va boshqa hujjatlarni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Xalqaro aloqalardan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi xalqaro mavqeyini mustahkamlash, respublika ta’lim tizimi haqidagi haqqoniy ma’lumotlarni yoyishda foydalanish;
  • Xorijiy davlatlarda o‘tadigan xalqaro miqyosdagi ta’limga aloqador tadbirlarda (forum, konferensiya, ko‘rgazma, malaka oshirish, qayta tayyorlash va h.k.) ishtirok etish va Agentlikning mas’ul xodimlari va tasarrufdagi ta’lim muassasalari o‘qituvchi va o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashish;
  • O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib boradigan xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ro‘yxatga olingan xorijiy davlat elchixonalari, konsulliklar va vakolatxonlar bilan aloqalarni ta’minlash;
  • Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni tartibga solish va ta’minlash masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Samandarov Xakimboy Davlatbayevich
Bo'lim boshlig'i
Elektron pochta: x.samandarov@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (242)
Nazarov Sulaymon Mannonovich
Bo'lim boshlig'i
Elektron pochta: s.nazarov@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (271)

Vazifasi

  • Metodik ta’minlashning yuqori samaradorligini ta’minlash uchun, o‘quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlari, o‘zlashtirish imkoniyatlariga mos ravishda, jamiyat ehtiyoj-talablari hamda fan-texnika taraqqiyotidan kelib chiqqan holda, umumiy o‘rta ta’limning Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlarini uzluksiz takomillashtirib borishni tashkil etish, muvofiqlashtirish;
  • Agentlik tasarrufidagi muassasalarda Davlat ta’lim standartlari ijrosi va o‘quv dasturlarining bajarilishi monitoringini amalga oshirish, tahlillar asosida o‘quv-metodik jarayonni rivojlantirish istiqbollarini belgilash;
  • Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun o‘quv dasturlarining yaratilishi va nashr etilishini tashkil etish hamda pedagogik amaliyotga joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
Usmonov Xasan Toxirovich
Bo‘lim boshlig‘i
Elektron pochta: x.usmonov@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (251)

Vazifasi

  • Agentlik tizimida ish yuritish, ijro intizomini nazorat qilish va murojaatlar bilan ishlash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish:
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Prezident Administratsiyasi topshiriqlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati qarorlari, ijrosi bilan birgalikda Agentlikka kirim bo‘layotgan hujjatlar (Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari)ning tarkibiy bo‘linmalar tomonidan o‘z vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazoratni tashkil etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda Agentlikning hujjatlarida bo‘limga yuklatilgan vazifalarning hamda Agentlik rahbariyati boshqa topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlaydi, shuningdek, ushbu topshiriqlarning Agentlik tasarrufidagi maktablar tomonidan bajarilishini nazorat qilish.
Xolxo'jayev Saidkomil Muhammadkarimovich
Bo‘lim boshlig‘i
Elektron pochta: s.xolxojayev@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (222)

Vazifasi

  • Agentlik hamda agentlik tizimidagi tashkilotlarning axborot-kommunikasiya texnologiyalari va telekommunikasiya tarmoqlari, dasturiy, ma’lumotlar almashish va saqlash vositalarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni muvofiqlashtirish
  • Agentlik xarajatlar smetalarida tizimdagi jarayonlarni avtomatlashtirish, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, Agentlik markaziy apparati xodimlarining axborot-kommunikasiya texnologiyalari bo‘yicha malakasini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish
  • Agentlikning axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish, o‘rnatilgan tartibda kelishish va tasdiqlatilishini tashkillashtiradi, Agentlik tasarrufidagi ta’lim muassasalarida, tashkilotlarda axborot xavfsizligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish
  • Ta’lim muassasalarining zamonaviy AKT qurilmalari bilan ta’minlash bo‘yicha taqsimotni ishlab chiqish
  • Agentlik tizimida boshqaruvni samarali tashkil etish maqsadida jarayonlarni optimallashtirish hamda takomillashtirish (BPR) bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish
Shaxobiddinova Malohat Zaynilobiddin qizi
Bo'lim boshlig'i
Elektron pochta: m.shaxobiddinova@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (211)

Vazifasi

  • Agentlik tasarrufidagi ta’lim muassasalarida barkamol avlodni tarbiyalashga doir ma’naviy-ma’rifiy va psixologik yo‘nalishdagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, targ‘ibot ishlarini olib borish, maktablarga yetkazish va ijrosini nazorat qilish;
  • Agentlik tasarrufidagi ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, amaliyotchi psixolog, sinf rahbari va tarbiyachilarning ish faoliyati samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish;
  • Agentlik tasarrufidagi ta’lim muassasalarida o‘quvchilar shaxsining rivojlanishiga, huquqiy va tibbiy madaniyatini yuksaltirishga, ularning odob-axloq qoidalariga rioya qilishiga, qiziqishlariga, iqtidoriga, mustaqil bilim olishlariga, ijodiy mehnat qilishlariga hamda psixologik qo‘llab-quvvatlashda shart-sharoit yaratishga ko‘maklashish va tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish uchun tegishli vazirlik, idoralar hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda amalga oshirish;
  • Agentlik tasarrufidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va amaliyotchi psixologlarda zamonaviy yo‘nalishlariga oid nazariy qarashlar, zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish; 
  • Agentlik tasarrufidagi ta’lim muassasasi o‘quvchilarining davomatini nazorat qilish, muntazam va ko‘p dars qoldiradigan o‘quvchilarni to‘liq darsga jalb etish bo‘yicha joylardagi mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik ishlarini muvofiqlashtirish;
  • Ommaviy axborot vositalari orqali boshqarma faoliyatiga oid targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish.
Shayusupova Umida Shuxratovna
Bosh hisobchi
Elektron pochta: u.shayusupova@piima.uz
Telefon: +998 71 207-20-17 (205)

Vazifasi

  • Byudjet so‘rovini, byudjet buyurtmasini, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, ularga o‘zgartirishlarni, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni ko‘rib chiqadi va imzolash
  • Moliyaviy-iqtisodiy masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tegishliligi bo‘yicha Agentlik qarorlari, buyruqlari va shu kabi boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish
  • Agentlikning tegishli boshqarma va bo‘limlari tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini bo‘limga tegishligi bo‘yicha ko‘rib chiqish
  • Tejamkorlik rejimiga amal qilgan holda xarajatlar smetalarida talab etilmaydigan tadbirlar uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar kiritishga yo‘l qo‘ymaslikni nazorat qilish
  • Agenlik va uning tizimidagi maktablar tomonidan tuzilgan moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatdarda qabul qilib taxlil qilish va umumlashtirilgan xolda Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga yuborish
  • Agentlikda madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha moliyaviy masalalarni ko‘rib chiqadi va taklif kiritish
  • Agentlik moliya-buxgalteriya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish
  • Agentlik moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga doir masalalarni hal qilish uchun boshqarma boshlig‘i orqali direktorning (moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha) o‘rinbosari muhokamasiga chiqarish
  • Agentlikda buxgalteriya hisobini tashkil qilish, uning to‘liq va aniq yuritish, moliya-xo‘jalik operasiyalarnini nazorat qilish, hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini, shuningdek, buxgalteriya hujjatlarining saqlanishini ta’minlash
  • Agentlikning byudjet va byudjetdan tashqari hisob raqamlariga pul mablag‘larining hisobini ularning maqsadli va to‘liq sarflanishini  tashkillashtirish, o‘rganish, tahlil qilish va natijasi yuzasidan rahbariyatga axborot berib borish
Abdullaxonov Avzalxon Azamatxon o‘g‘li
Bo‘lim boshlig‘i
Elektron pochta: a.abdullaxonov@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (202)

Vazifasi

  • Jamg‘armaning joriy faoliyati va Vasiylik kengashi qarorlari ijrosini taʼminlanishi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish;
  • Jamg‘arma mablag‘larining operativ boshqaruvini amalga oshirish;
  • Jamg‘arma daromadlarini to‘liq shakllanishini taʼminlash;
  • Jamg‘armaning yillik daromadlar va xarajatlar smetasini, shuningdek, ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotini tayyorlaydi hamda Vasiylik kengashiga kiritish;
  • Jamg‘arma mablag‘larini maqsadli ishlatilishi bo‘yicha monitoring qilish;
  • Tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarga tegishli loyihalar, tadbirlar va boshqa xarajatlarni Agentlik rahbari topshirig‘i asosida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish ishlarini amalga oshirish
  • Jamg‘arma Vasiylik kengashining so‘roviga binoan Jamg‘arma mablag‘larini oluvchilar bilan birgalikda uning mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida maʼlumot berish;
  • Xarajatlar smetasini tuzish va ijrosini taʼminlash;
  • Agentlik markaziy apparati, uning tizimdagi tashkilotlar va taʼlim muassasalarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, ijtimoiy ajratmalar va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish;
  • Jamg‘arma hisobidan olinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish uchun mablag‘ ajratish;
  • Jamg‘arma mablag‘laridan foydadanish bo‘yicha monitoring olib borish;
  • Jamg‘arma hisobidan mablag‘ oluvchilarga to‘lovlarni moliyalashtirish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • Jamg‘arma joriy faoliyati va Vasiylik kengashi qarorlari ijrosini taʼminlanishi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish
Saidov Muxammadfozil Maxamadaminovich
Bo‘lim boshlig‘i
Elektron pochta: m.saidov@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (281)

Vazifasi

  • Agentlikga xo‘jalik, texnika va avtotransport xizmatlari doimiy faoliyat ko‘rsatishini nazorat qilish
  • Xo‘jalik inventarlari, jihozlar, mebellardan to‘g‘ri foydalanish va ularni saqlanishini taʼminlash, shuningdek tegishli joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish
  • Agentlik boshqarma va bo‘limlarini talabnoma asosida zarur bo‘lgan kanselyariya mollari va ish qog‘ozlari bilan taʼminlash
  • Agentlikning barcha xonalarida ish yuritish uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda mavjud inventarlar, orgtexnika, telefon tarmog‘i, kompyuterlar, nusxa ko‘chirish apparatlari, printerlar va faks apparatlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash
  • Agentlik tomonidan xarid qilinadigan va mavjud bo‘lgan barcha moddiy qiymatliklarning mavjudligi, butligi va ishlatilgan moddiy qiymatliklarni hisobdan chiqarish dalolatnomalarini tuzib, buxgalteriya hisobidan chiqarish uchun takliflar tayyorlash
  • Agentlikdagi kommunal xizmatlar, elektr energiya, isitish tizimi, sovuq va issiq suv taʼminotini uzluksiz nazorat qilish hamda yuzaga keladigan nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish
Baltabayeva Nursulu Koshkinbayevna
Bo‘lim boshlig‘i
Elektron pochta: n.baltabayeva@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (151)

Vazifasi

  • Prezident maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarga «STEAM – ta’lim» yo‘nalishi bo‘yicha Kembridj xalqaro ta’lim dasturlari asosida sifatli ta’lim berilishini tashkil qilish;
  • O‘quvchilarga o‘quv fanlari mazmunini chuqur o‘rgatish bilan birgalikda, mustaqil ta’lim olish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, bilimlarni amaliyotda mustaqil qo‘llash, ma’lumotni tahlil qilish kabi malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlash;
  • Maktab bitiruvchilariga belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma, attestat) bilan bir qatorda, xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga kirish imkonini taqdim etuvchi Kembridj Xalqaro sertifikatlarini (Cambridge International AS & A level) olish imkoniyati ham berilishini tashkil qilish. 
Ashirov Said Anorbayevich
Bo'lim boshlig'i
Elektron pochta: s.ashirov@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (161)

Vazifasi

  • Ijod maktablaridagi taʼlim sifatini oshirish, ushbu sohadagi zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda turli vazirlik va idoralar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
  • Ijod maktablariga zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor, masʼuliyatli, kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan, malakali pedagog kadrlarni jalb etish, maktab direktorlari va uning o‘rinbosarlarini tayinlanishida taklif va tavsiyalar berish
  • Ijod maktablaridagi pedagog kadrlar taʼminoti va tarkibi bo‘yicha o‘rganishlarda ishtirok etish
  • Muvaffaqiyatli xorijiy tajribalarni o‘rganadi va ulardan kelib chiqqan holda taʼlimning zamonaviy tizimlari asosida ijod maktablari bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish
  • O‘quvchilarning sifatli taʼlim olishlari uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlaydi, takliflar tayyorlaydi va amalga oshirilishini taʼminlash
  • Ijod maktablari direktorlarining mehnat faoliyatini, axloq-iroda sifatlari, iqtidori va ko‘nikmalarini, amalga oshirayotgan ishlarining samarasini obyektiv baholashga asoslangan monitoring yuritadi va nazoratga olish
  • Ijod maktablarida yuksak kasbiy odob-ahloq, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqat qilib bo‘lmaydigan munosabatni shakllantirish bo‘yicha taʼsirchan choralarni ko‘rish
  • Muntazam asosda ijod maktablaridagi pedagog-kadrlarning professional darajasini oshirish, bunda ularning uzluksiz shu jumladan, xorijda taʼlim olishini (sohaga oid va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda), tavsiya etish
  • Agentlik tizimida ijod maktablarini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy xujjatlar va boshqa xujjatlarning loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun agentlik rahbariyatiga kiritish
Kazakova Saxiba Abdurayimovna
Bo‘lim boshlig‘i
Elektron pochta: s.kazakova@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (181)

Vazifasi

  • STEAM fanlari, shu jumladan, tegishliligi boʻyicha matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya va chet tillarini chuqur oʻrgatish bilan birga, ulugʻ allomalar Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek, Abu Ali ibn Sinolarning buyuk va bebaho merosini qadrlash, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish;
  • oʻquvchilarning aniq va tabiiy fanlarning yuksak marralarini zabt etishiga koʻmaklashish;
  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorlarini aniqlash va qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish hamda fundamental fan asoslarini egallashi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish.
Sobirov Xamidullo Xabibullayevich
Bo'lim boshlig'i
Elektron pochta: x.sobirov@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (291)

Vazifasi

  • Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tomonidan davlat ta’lim standartlari va talablari bajarilishi ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlari va talablarining takomillashtirilishi hamda rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish asosida ta’lim sifati monitoringi olib borilishini tashkil etish;
  • Monitoring jarayonida qo‘llaniladigan materiallar, texnologiya va metodikalarni ishlab chiqish, xalqaro tajribalarni o‘rganib chiqish asosida mazkur jihatlarni takomillashtirib borish;
  • Monitoring jarayonining shaffof, adolatli va xolisona tashkil etilishini ta’minlash maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
  • O'qituvchi va o‘quvchilarning ta’limga oid ehtiyojlari, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillardan kelib chiqqan holda, monitoring jarayonida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish bo‘yicha metodik ta’minot va standartlarni ishlab chiqish bo‘limiga takliflar berish;
  • Ta’lim sifati monitoringi yo‘nalishida xalqaro tajribalarni o‘rganish va ular asosida monitoring jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • Hukumatning tegishli qarorlari hamda xalqaro shartnomalar asosida o‘quvchilar bilimini milliy va xalqaro darajada baholash jarayonlarida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish;
  • O'z faoliyati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid qonunlari, ijro hokimiyati oliy organlarining qaror va farmoyishlari, shuningdek, Agentlik qarorlari va buyruqlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash;
  • O'z faoliyati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tegishli davlat organlari hamda Agentlikning tarkibiy bo‘limlari bilan hamkorlik qilish;
  • O'z faoliyati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy va respublika miqyosida uchrashuvlar, anjumanlar va seminarlarda ishtirok etish;
  • O'quvchi-yoshlarining savodxonligini xolisona baholash, ularning olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini rivojlantirish borasidagi xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish yuzasidan takliflar tayyorlash.
Xujamov Inam Xikmatovich
Bo'limi boshlig‘i
Elektron pochta: i.xujamov@piima.uz
Telefon: +998 (71) 207-20-17 (171)

Vazifasi

  • Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar qabul qilinishini muvofiqlashtirish;
  • O‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va ular o‘rtasida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga saralash sinovlarini tashkil etish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash;
  • o‘quvchilar qabul qilishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni muntazam takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning qabul kvotasini ishlab chiqish;
  • o‘quvchilarning mos sinflari bo‘yicha hujjatlarini qabul qilish jarayonlarini hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etish;
  • hujjatlarni qabul qilish jarayonlarini monitoringini olib borish va tahlil qilish;
  • Prezident maktablariga saralash imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha xorijiy mutaxassislar bilan muzokaralar olib borish;
  • Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda saralash imtihonlarini o‘tkazish joylarini belgilash;
  • saralash imtihonlari o‘tkaziladigan bino-inshootlarni belgilangan me’yorlar bo‘yicha tayyorlash;
  • saralash imtihonlari natijalarini muvofiqlashtirish;
  • Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablardagi bo‘shab qolgan o‘quvchi o‘rinlari monitoringini olib borish;
  • bo‘sh o‘quvchi o‘rinlarini belgilangan tartibda to‘ldirish bo‘yicha tanlov va saralash imtihonlarini tashkil etish;
  • Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchi qabul qilish jarayoniga bag‘ishlangan seminarlar, kengashlar, anjumanlar va boshqa tadbirlar tashkil etish;
  • manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Agentlik rahbariyati topshirig‘iga ko‘ra me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda uni takomillashtirish;
  • Agentlikning boshqarma va bo‘limlari, tizimdagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bilan birgalikda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirishning yaqin, o‘rta va uzoq istiqbol rejalarini ishlab chiqish;
  • iqtidorli o‘quvchilarni aniqlashning usul va yo‘l-yo‘riqlarini hamda ularni Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish tartibini belgilash;
  • Xalq ta’limi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Innovatsion rivojlanish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Adliya vazirliklari, Fanlar akademiyasi, boshqa manfaatdor tashkilot va idoralar bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’limga oid me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda uni takomillashtirishda ishtirok etish;
  • Agentlik rahbariyatining topshirig‘iga binoan O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari bilan tasarrufdagi ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish yuzasidan hamkorlikdagi dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda va ularni amalga oshirishda qatnashish;
  • Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda mehnat qilayotgan xodimlar va fuqarolarning o‘quvchilarni saralab olish jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq takliflari, ariza va shikoyatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Agentlik rahbariyatiga, shuningdek, tegishliligi bo‘yicha davlat hokimiyati hamda xalq ta’limi boshqaruv idoralariga takliflar berish, zarur hollarda Agentlik yig‘ilishi muhokamasiga kiritish;
  • Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarning qabulini tashkil etish, saralash imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha jarayonlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish.